Skip to content

Oʻyin va dastur studiyasi · Toshkent, Oʻzbekiston

Biz tong bilan boshlaymiz

“Tong” — quyosh ufqdan chiqishidan oldingi payt. Osmonda rang bor, lekin kun hali boshlanmagan. Biz Toshkentdagi kichik studiyamiz: TONG GAMES nomi ostida oʻyinlar, yana dastur va veb-mahsulotlarni ana shunday shoshmasdan yasaymiz.

Yasalgan va yasalayotgan mahsulot
5Yasalgan va yasalayotgan mahsulot
Qoʻlda yozilgan oʻzbekcha soʻz
2 363Qoʻlda yozilgan oʻzbekcha soʻz
Bilim Manba’dagi oʻzbekcha maqola
70+Bilim Manba’dagi oʻzbekcha maqola
Yaratishingiz kerak boʻlgan hisob
0Yaratishingiz kerak boʻlgan hisob

Asosiy mahsulotimiz

Soʻzbogʻ

Chiqqan

Oʻzbek tilidagi soʻz jumbogʻi — endi Google Play’da. Harflarni bir-biriga bogʻlab soʻz yasaysiz, krossvordni toʻldirasiz va topgan har bir soʻzingiz qaysi mavzudan ekanini koʻrasiz.

  • 145 mavzudagi 2 363 oʻzbekcha soʻzdan 1 300 dan ortiq bosqich
  • Oʻ, gʻ, sh, ch kabi harflar bitta harf boʻlib turadi — xuddi boʻlishi kerakdek
  • Kunlik jumboq va uzoq oʻynagan sari oʻsib boradigan ketma-ketlik
  • Bonus soʻzlar: javobdan tashqari topgan har bir haqiqiy soʻz ham tanga beradi
  • Internetsiz toʻliq ishlaydi — Google bilan kirish ixtiyoriy, faqat progressni saqlash uchun
Soʻzbogʻ bosh ekrani: joriy bosqich, tanga hisobi va kunlik ketma-ketlik, orqa fonda tong otayotgan qir manzarasi

Veb-platformamiz

Bilim Manba

Chiqqan

bilimmanba.uz — TONG INC’ning bilim platformasi: fan, tarix, kino, sport va texnologiya haqida oʻzbek tilida yozilgan maqolalar. Sayt ishlab turibdi, bepul va maqolalarni hisobsiz oʻqish mumkin.

  • 11 ta yoʻnalishda 70 dan ortiq maqola — hammasi oʻzbek tilida
  • Tushunarsiz joy boʻlsa, sunʼiy intellektdan tushuntirib berishni soʻrang
  • Oʻqish bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan — hisob faqat izoh qoldirish va maqolani saqlash uchun

Qanday ishlaymiz

Biz kichik studiyamiz — koʻp narsa qilishga ulgurmaymiz. Ana shu cheklov quyidagi hamma narsani belgilab beradi.

Avvalo internetsiz ishlasin

Ilovalarimizda hamma narsa ichida: lugʻat, ovoz, shrift. Serverdan javob kutib turadigan yuklanish ekrani yoʻq, “internet yoʻq” degan devor yoʻq. Samolyot rejimida ham, metroda ham, bir chiziq signal bor qishloqda ham ishlaydi.

Roʻyxatdan oʻtish majburiy emas

Oʻyinlarimiz uchun hisob ham, email ham kerak emas, Bilim Manba’da esa maqolani hisobsiz oʻqiysiz. Oʻyindagi progressingiz qurilmangizda qoladi — agar oʻzingiz uni Google bilan saqlab qoʻyishni tanlamasangiz. Bundan tashqari faqat Google oʻzingiz soʻragan reklama yoki qilgan xaridingiz uchun kerak boʻlgani va nomsiz oʻyin statistikasi tashqariga chiqadi.

Shu yer uchun yasalgan, tarjima qilingan emas

Oʻzbek tilida bitta harfdek ishlaydigan, lekin ikkita belgi bilan yoziladigan harflar bor — oʻ, gʻ, sh, ch. Soʻz oʻyinimiz buni oʻzagida hisobga oladi. Haydash oʻyinimiz esa Toshkentning haqiqiy koʻchalarini qayta quradi. Farq ana shunda.

Avval tugatamiz, keyin chiqaramiz

Yarim tayyor narsani chiqargandan koʻra, chiqishni kechiktirganimiz maʼqul. Birinchi oʻyinimizda bitta bosqich paydo boʻlgunicha oylab faqat lugʻat ustida ishlandi.

Yangiliklar

Studiyadagi soʻnggi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Yangi chiqish

Soʻzbogʻ Google Play’da chiqdi

Oʻzbekcha soʻz jumbogʻimiz yopiq testdan chiqdi. Endi Android telefoni bor har kim uni bepul oʻrnata oladi — ichida nimalar borligi va nima yangiligi haqida.

Batafsil

Birga ishlaymizmi?

Nashr, buyurtma ishlari, mahalliylashtirish va matbuot boʻyicha suhbatga ochiqmiz. Studiya shunchalik kichikki, xatingiz toʻgʻridan-toʻgʻri qaror qabul qiladigan odamga boradi.

Bogʻlanish